Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
IJRO INTIZOMI MASALASI YUZASIDAN DEPUTATLAR UCHUN SAVOLLAR ISHLAB CHIQILDI
янв.21
IJRO INTIZOMI MASALASI BO‘YICHA ISHCHI GURUH SHAKLLANTIRILDI
янв.21
IJRO INTIZOMI VA TOPSHIRIQLAR BAJARILISHI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkaziladi
янв.21
KUNLIK ISH REJASI: NAZORAT VA AMALIY FAOLIYAT
янв.21
“Past Darg’om haqiqati” gazetasining 28-sonida xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati F. Islomovaning maqolasi bilan tanishishingiz mumkin (10.10.2026-y.):
янв.21
🅱️ugun Xalq deputatlari Pastdarg'om tumani Kengashi Reglament va odob-axloq masalalari bo'yicha doimiy komissiya hamda uning a'zolarining deputatlik faoliyati bilan tanishing!
янв.21
SHAROF RASHIDOV MFYDA ICHKI KO‘CHALAR ASFALTLANMOQDA
янв.21
HURMATLI FUQAROLAR !
янв.21
Kengash qarori ijrosi hamda nogironligi bo‘lgan fuqaroning yashash sharoiti o‘rganildi
TASHABBUSLI BUDJET”: LOYIHALAR IJROSI VA MABLAG‘LARDAN FOYDALANISH HOLATI MUHOKAMA QILINDI

TASHABBUSLI BUDJET”: LOYIHALAR IJROSI VA MABLAG‘LARDAN FOYDALANISH HOLATI MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida 2026-yil III chorak davomida jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lardan foydalanish holati muhokama qilindi.

💎 Yig‘ilishda tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar eshitilib, “Tashabbusli budjet” jarayonida fuqarolarning ishtiroki, loyihalarni shakllantirish, ovoz berish, g‘oliblarni aniqlash, moliyalashtirish va loyihalarni amalga oshirish holati atroflicha ko‘rib chiqildi.

✅ 2026-yil boshidan tuman bo‘yicha Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasiga jami 57 mlrd 707,6 mln so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan.

📌 Birinchi mavsum:
▫️ 127 ta taklif kiritilgan;
▫️ 100 ta loyiha ovoz berish bosqichiga o‘tkazilgan;
▫️ 27 ta loyiha belgilangan mezonlarga mos kelmagani sababli rad etilgan;
▫️ 22 ta loyiha g‘olib deb topilgan;
▫️ g‘olib loyihalarga 33 mlrd 808,7 mln so‘m ajratilgan;
▫️ bajarilgan ishlar uchun 25 mlrd 686,7 mln so‘m to‘lab berilgan.
📌 Ikkinchi mavsum:
▫️ 189 ta taklif kiritilgan;
▫️ 141 ta loyiha ovoz berish bosqichiga o‘tkazilgan;
▫️ 48 ta loyiha mezon talablariga javob bermagani sababli rad etilgan;
▫️ 21 ta loyiha g‘olib deb topilgan;
▫️ ularni amalga oshirish uchun 33 mlrd 581,3 mln so‘m mablag‘ ajratilgan;
▫️ amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha 171,6 mln so‘m mablag‘ to‘lab berilgan.
🔎 Muhokama davomida mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishi, xaridlarning belgilangan tartibda amalga oshirilishi, qurilish-ta’mirlash ishlarining sifati, loyihalar ijrosi muddatlariga rioya etilishi hamda tashabbuskor fuqarolarning amalga oshirilayotgan ishlardan xabardorligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
👥 Shuningdek, bajarilgan ishlarni jamoatchilik va loyiha tashabbuskorlari ishtirokida qabul qilib olish, loyihalar ijrosi haqida aholiga muntazam axborot berib borish zarurligi ta’kidlandi.
📋 Doimiy komissiya qarori bilan:
✅ g‘olib loyihalar ustidan deputatlik va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish;
✅ ajratilgan mablag‘larning o‘z vaqtida moliyalashtirilishi va o‘zlashtirilishini monitoring qilish;
✅ kechikayotgan loyihalar sabablarini aniqlash va ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish;
✅ har bir loyiha kesimida ajratilgan, o‘zlashtirilgan va qoldiq mablag‘lar hamda bajarilgan ishlar bo‘yicha ma’lumotlarni shakllantirib borish;
✅ “Tashabbusli budjet” doirasida amalga oshirilayotgan qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarining sifatini deputatlar tomonidan saylov okruglarida o‘rganish belgilandi.
📌 Mazkur masala ishchi guruh tavsiyalari, savol-javoblar jarayonida bildirilgan fikr-mulohaza va takliflar hamda aniqlangan kamchiliklar inobatga olingan holda Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritiladi.