Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Kengash qarori ijrosi hamda nogironligi bo‘lgan fuqaroning yashash sharoiti o‘rganildi

 Kengash qarori ijrosi hamda nogironligi bo‘lgan fuqaroning yashash sharoiti o‘rganildi

🌐Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M. Pardayev tomonidan Go‘zalkent MFYda yashovchi nogironligi bo‘lgan fuqarolar xonadoni bilan yaqindan tanishildi.

✅Ayni vaqtda fuqaro sog‘lig‘i sababli davolanish maqsadida shifoxonada bo‘lganligi uchun uning yashash sharoiti yuzasidan uyida otasi bilan suhbat o‘tkazildi.

✅Suhbat davomida xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi qarori asosida ajratilgan mablag‘lar hisobidan qurilish va ta’mirlash ishlari bo‘yicha mas’ullar xonadonda o‘rganish olib borilganligi ma’lum qilindi.

✅Shuningdek, mutaxassislar tomonidan 3–4 kun ichida ta’mirlash ishlarini boshlash rejalashtirilgani bildirildi.
✅Mazkur ishlar nogironligi bo‘lgan fuqarolarning yashash sharoitlarini yaxshilash va ularga amaliy ko‘mak ko‘rsatishga xizmat qiladi.