IJRO INTIZOMI MASALASI BO‘YICHA ISHCHI GURUH SHAKLLANTIRILDI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-martdagi 171-son qarori ijrosini o‘rganish hamda ijro intizomini mustahkamlashga qaratilgan ishlar doirasida ishchi guruh shakllantirildi.
🔎 Ishchi guruh tomonidan topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi, ijro intizomi uchun mas’ul xodimlar faoliyati, ijro muddatlariga rioya etilishi hamda Ijro.gov.uz elektron tizimida ishlarning tashkil etilishi yuzasidan o‘rganishlar olib boriladi.
✏️ Shuningdek, deputatlar uchun mavzu yuzasidan o‘rganish savollari ishlab chiqilib, mavjud muammolarni aniqlash, kamchiliklarni bartaraf etish va ijro intizorini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash belgilandi.
✅ O‘rganish yakunlari bo‘yicha tegishli xulosa va tavsiyalar ishlab chiqilib, masala deputatlik nazorati doirasida ko‘rib chiqiladi.
Deputatlik nazorati — ijro intizomi va mas’uliyatni kuchaytirish yo‘lida muhim vosita!