Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLA INSTITUTI FAOLIYATI — DOIMIY KOMISSIYA NAZORATIDA
янв.21
XONCHORBOG‘ MAHALLASIDA “YANGI O‘ZBEKISTON” QIYOFASI: QURILISH ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
SЕSSIYA OLDIDAN HUDUDDA O‘RGANISH: MAKTABNING QISHKI MAVSUMGA TAYYORGARLIGI NAZORATDA
янв.21
PREZIDENT VIRTUAL VA XALQ QABULXONALARIGA KELIB TUSHAYOTGAN MUROJAATLAR — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
AHOLI MUROJAATI O‘RGANILDI: 4 KM YO‘LNI SHAG‘ALLASHTIRISH MASALASI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA VA BIRIKTIRILGAN TASHKILOT HAMKORLIGI
янв.21
SHIFOXONADAGI SHART-SHAROITLAR DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
YOSHLAR MASLAHATI GURUHI A’ZOSIGA METODIK KO‘RSATMALAR BERILDI
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
10-BAND IJROSI: SAVDO MARKAZIDAGI NARX-NAVO O‘RGANILDI
MAKTAB KUTUBXONASI — BILIM VA MA’RIFAT MASKANI

Kitob — tafakkur chirog‘i, kutubxona esa yosh avlodni ma’rifat sari yetaklovchi maskandir. O‘quvchilarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularni mutolaa qilishga qiziqtirish va mustaqil fikrlaydigan avlodni tarbiyalash ta’lim-tarbiya jarayonining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi raisi, deputat X. Tilakov hamda tuman Kengashi deputati A. Isroilov Sarmich mahallasi 15-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi kutubxonasida bo‘lib, o‘quvchilarning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishi, kutubxonadan foydalanish imkoniyatlari hamda kitobxonlikni targ‘ib qilish borasidagi ishlar bilan tanishdilar.

Kutubxona o‘quvchilarning bilimini mustahkamlash, dunyoqarashini kengaytirish va ma’naviy kamolotini yuksaltirishda alohida o‘rin tutadi. Badiiy adabiyotlar, ilmiy-ommabop kitoblar va fanlarga oid manbalar bilan muntazam tanishib borish yoshlarning fikrlash doirasini kengaytirib, ularni izlanishga undaydi.
Tashrif davomida o‘quvchilarni kitob mutolaasiga keng jalb etish, kutubxona imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda yoshlar orasida kitobxonlik muhitini mustahkamlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Deputatlar maktab kutubxonasining ta’lim-tarbiya jarayonidagi ahamiyatini ta’kidlab, o‘quvchilar o‘rtasida mutolaa madaniyatini rivojlantirish, kitobxonlik tadbirlari va tanlovlarini tashkil etish, yoshlarning adabiyotga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish yuzasidan tavsiyalar berdilar.

Maqsad — kitobni yoshlar hayotining ajralmas qismiga aylantirish, bilimga chanqoq, keng dunyoqarashli va mustaqil fikrlaydigan avlodni tarbiyalash.

Zero, kitob bilan oshno bo‘lgan yoshning tafakkuri teran, maqsadi aniq va kelajakka intilishi yuksak bo‘ladi!

Slide 1 of 2