Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLA INSTITUTI FAOLIYATI — DOIMIY KOMISSIYA NAZORATIDA
янв.21
XONCHORBOG‘ MAHALLASIDA “YANGI O‘ZBEKISTON” QIYOFASI: QURILISH ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
SЕSSIYA OLDIDAN HUDUDDA O‘RGANISH: MAKTABNING QISHKI MAVSUMGA TAYYORGARLIGI NAZORATDA
янв.21
PREZIDENT VIRTUAL VA XALQ QABULXONALARIGA KELIB TUSHAYOTGAN MUROJAATLAR — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
AHOLI MUROJAATI O‘RGANILDI: 4 KM YO‘LNI SHAG‘ALLASHTIRISH MASALASI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA VA BIRIKTIRILGAN TASHKILOT HAMKORLIGI
янв.21
SHIFOXONADAGI SHART-SHAROITLAR DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
YOSHLAR MASLAHATI GURUHI A’ZOSIGA METODIK KO‘RSATMALAR BERILDI
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
10-BAND IJROSI: SAVDO MARKAZIDAGI NARX-NAVO O‘RGANILDI
XONCHORBOG‘ MAHALLASIDA “YANGI O‘ZBEKISTON” QIYOFASI: QURILISH ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA

 XONCHORBOG‘ MAHALLASIDA “YANGI O‘ZBEKISTON” QIYOFASI: QURILISH ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
📍 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati D. Jabborova Xonchorbog‘ mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-298-sonli qarori asosida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va infratuzilmani rivojlantirish ishlarini joyiga chiqib o‘rgandi.
🇺🇿 Drayver loyiha asosida mahallada “Yangi O‘zbekiston” qiyofasini shakllantirish, aholi uchun qulay yashash sharoitlarini yaratish hamda infratuzilmani yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
💰 Loyiha doirasida quyidagi yo‘nalishlarga mablag‘lar ajratilishi belgilangan:
🔹 Yo‘l infratuzilmasini yaxshilashga — 3 500 mln so‘m;
🔹 Elektr ta’minotini yaxshilashga — 500 mln so‘m;
🔹 Ichimlik suvi ta’minotini yaxshilashga — 500 mln so‘m;
🔹 Mahalla binosini qurishga — 400 mln so‘m;
🔹 Mavjud yodgorlik majmuasini ta’mirlashga — 100 mln so‘m.
📊 Jami: 5 mlrd so‘m.
🔎 Deputat o‘rganish davomida qurilish va obodonlashtirish ishlarining borishi bilan tanishib, belgilangan vazifalar ijrosi hamda mablag‘lardan maqsadli foydalanish masalalariga e’tibor qaratdi.

Slide 1 of 3