Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLA INSTITUTI FAOLIYATI — DOIMIY KOMISSIYA NAZORATIDA
янв.21
XONCHORBOG‘ MAHALLASIDA “YANGI O‘ZBEKISTON” QIYOFASI: QURILISH ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
SЕSSIYA OLDIDAN HUDUDDA O‘RGANISH: MAKTABNING QISHKI MAVSUMGA TAYYORGARLIGI NAZORATDA
янв.21
PREZIDENT VIRTUAL VA XALQ QABULXONALARIGA KELIB TUSHAYOTGAN MUROJAATLAR — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
AHOLI MUROJAATI O‘RGANILDI: 4 KM YO‘LNI SHAG‘ALLASHTIRISH MASALASI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA VA BIRIKTIRILGAN TASHKILOT HAMKORLIGI
янв.21
SHIFOXONADAGI SHART-SHAROITLAR DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
YOSHLAR MASLAHATI GURUHI A’ZOSIGA METODIK KO‘RSATMALAR BERILDI
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
10-BAND IJROSI: SAVDO MARKAZIDAGI NARX-NAVO O‘RGANILDI
Chiqindilarni olib chiqib ketishdagi muammolar mas’ullar bilan muhokama qilindi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiya raisi M.Mirabdullayev tumanda aholiga maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmati bo‘yicha qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi, mavjud muammolarni bartaraf etish masalalari bo‘yicha o‘rganish o‘tkazdi.

🟢O‘rganish davomida aholi tomonidan bildirilayotgan e’tirozlar, xususan, maishiy chiqindilarni belgilangan grafik asosida olib chiqib ketish talabiga to‘liq rioya etilmayotganligi masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

🟢“Rahnamo Servis” MChJ rahbari U.Normetov bilan bo‘lib o‘tgan muloqot davomida chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketishda maxsus texnikalar yetishmasligi ham muhim muammolardan biri sifatida qayd etildi. Texnik imkoniyatlarning cheklanganligi xizmat ko‘rsatish jarayoniga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi inobatga olinib, mavjud transport vositalaridan samarali foydalanish, chiqindilarni tashish jarayonini to‘g‘ri tashkil etish va belgilangan jadvalga amal qilish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

🟢Shuningdek, aholi chiqindilarini belgilangan joyda to‘plash uchun maxsus chiqindi to‘plash punktini tashkil etish bo‘yicha bildirilgan fikr va takliflar tinglandi. Bunday punktni tashkil etish masalasida hududning o‘ziga xos xususiyatlari, aholi uchun qulayliklar, sanitariya-gigiyena talablari hamda chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish imkoniyatlarini hisobga olish muhimligi ta’kidlandi.

🟢Maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish aholi uchun qulay yashash muhitini yaratish, hududning sanitariya holatini saqlash va atrof-muhit ifloslanishining oldini olishda muhim ahamiyatga ega. Shu bois xizmat ko‘rsatuvchi korxona tomonidan aholiga yetkazilayotgan xizmat sifatini oshirish, belgilangan grafikka qat’iy rioya etish va mavjud muammolarni bartaraf qilish bo‘yicha doimiy komissiya raisi tomonidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4