Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLA INSTITUTI FAOLIYATI — DOIMIY KOMISSIYA NAZORATIDA
янв.21
XONCHORBOG‘ MAHALLASIDA “YANGI O‘ZBEKISTON” QIYOFASI: QURILISH ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
PREZIDENT VIRTUAL VA XALQ QABULXONALARIGA KELIB TUSHAYOTGAN MUROJAATLAR — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
SЕSSIYA OLDIDAN HUDUDDA O‘RGANISH: MAKTABNING QISHKI MAVSUMGA TAYYORGARLIGI NAZORATDA
янв.21
AHOLI MUROJAATI O‘RGANILDI: 4 KM YO‘LNI SHAG‘ALLASHTIRISH MASALASI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA VA BIRIKTIRILGAN TASHKILOT HAMKORLIGI
янв.21
SHIFOXONADAGI SHART-SHAROITLAR DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
YOSHLAR MASLAHATI GURUHI A’ZOSIGA METODIK KO‘RSATMALAR BERILDI
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
10-BAND IJROSI: SAVDO MARKAZIDAGI NARX-NAVO O‘RGANILDI
TALABALAR SHAROITI O‘RGANILDI VA AMALIY TAKLIFLAR TINGLANDI

Yunusobod tumanida yosh avlod vakillari bilan ochiq muloqot o‘rnatish, ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan uchrashuvlar izchil davom etmoqda.

📌Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining talabalar turar joyida yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganish maqsadida Yunusobod tumani Xalq deputatlari Kengashi deputati, tuman hokimi A.Saidaliyev hamda soha mutasaddilari ishtirokida samimiy va ochiq muloqot tashkil etildi.

Tadbir davomida talabalarning yashash, dars tayyorlash va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi. Samimiy ruhda kechgan suhbatda yigit-qizlarning takliflari, yangi loyihalari hamda kundalik masalalari tinglandi.

✅ Tuman hokimi yoshlar tomonidan bildirilgan har bir murojaatni alohida nazoratga olib, ularni qisqa fursatda ijobiy hal etish, iqtidorli talabalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mas’ullarga aniq va manzilli topshiriqlar berdi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 3