Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLA INSTITUTI FAOLIYATI — DOIMIY KOMISSIYA NAZORATIDA
янв.21
XONCHORBOG‘ MAHALLASIDA “YANGI O‘ZBEKISTON” QIYOFASI: QURILISH ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
SЕSSIYA OLDIDAN HUDUDDA O‘RGANISH: MAKTABNING QISHKI MAVSUMGA TAYYORGARLIGI NAZORATDA
янв.21
PREZIDENT VIRTUAL VA XALQ QABULXONALARIGA KELIB TUSHAYOTGAN MUROJAATLAR — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
AHOLI MUROJAATI O‘RGANILDI: 4 KM YO‘LNI SHAG‘ALLASHTIRISH MASALASI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA VA BIRIKTIRILGAN TASHKILOT HAMKORLIGI
янв.21
SHIFOXONADAGI SHART-SHAROITLAR DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
YOSHLAR MASLAHATI GURUHI A’ZOSIGA METODIK KO‘RSATMALAR BERILDI
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
10-BAND IJROSI: SAVDO MARKAZIDAGI NARX-NAVO O‘RGANILDI
Deputatga biriktirilgan tashkilot bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

#162_ta_Qonun_ijrosi #biriktirilgan_tashkilot
#kotibiyat_xodimi_faoliyati #kunlik_ish_reja_ijrosi

Deputatga biriktirilgan tashkilot bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati K.Umirov o‘ziga biriktirilgan tashkilot — “Mikrokreditbank” ATB Qiziriq tuman filialida tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Mamarajabov bilan birgalikda bo‘lib, deputatga biriktirilgan tashkilot bilan hamkorlik yo‘nalishlari, aholi murojaatlari bilan ishlash hamda hududdagi mavjud masalalarni hal etishda o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish masalalarini muhokama qildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-noyabrdagi O‘RQ-580-son “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan tayyorlangan savolnoma asosida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida bank faoliyatining qonunchilik talablariga muvofiqligi, mijozlarga bank xizmatlarini ko‘rsatish sifati, aholi va tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, kredit ajratish jarayonlari hamda murojaatlar bilan ishlash holati ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, bank xizmatlaridan foydalanishda fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarning fikrlari tinglanib, faoliyatni yanada takomillashtirish hamda hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 3