35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
IJTIMOIY OBYEKTLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI — AMALIY NATIJA SARI
янв.21
TOMORQA YERLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH BO‘YICHA ISHLAR BOSHLANDI
янв.21
TOMORQA YERLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH — DЕPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
OBODONLASHTIRISH VA ICHKI YO‘LLAR HOLATI YUZASIDAN QAROR ISHLAB CHIQILDI
янв.21
PAXTAChI MAHALLASIDA PROFILAKTIKA INSPEKTORI FAOLIYaTI O‘RGANILDI
янв.21
NARX-NAVO VA XARIDORLARGA YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
Aholi bilan yaqin muloqot — e’tibor va g‘amxo‘rlik timsoli
янв.21
MA’NAVIY-MA’RIFIY SOAT — JAMOA HAMJIHATLIGI VA MA’NAVIY YUKSALISH OMILI
янв.21
TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINING ELЕKTR TA’MINOTI — DЕPUTATLAR NAZORATIDA
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati X.Abdullayev tomonidan "deputatlik so‘rovi"da ko‘tarilgan masala yuzasidan Qo‘qon shahar Obodonlashtirish boshqarmasidan rasmiy javob kelib tushdi.

Deputatlik so‘rovida Qo‘qon shahar “Mingtut” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida “Yashil jamoat parki”ni tashkil etish masalasi ilgari surilgan edi.

Mazkur murojaat yuzasidan Obodonlashtirish boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan tegishli o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish natijalariga ko‘ra:

Boshqarma tomonidan ushbu hududda “Yashil jamoat parki”ni barpo etish bo‘yicha alohida vakolat, topshiriq va moliyalashtirish manbasi belgilanmagan; Mazkur hudud park sifatida Obodonlashtirish boshqarmasi balansiga kiritilmagan hamda ushbu yo‘nalishda boshqarma zimmasiga ijro vazifasi yuklatilmagan.

Shu sababli, loyiha bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar va park tashkil etish jarayoniga oid batafsil ma’lumotlarni taqdim etish Qo‘qon shahar hokimligi hamda ushbu masala vakolatiga kiruvchi tegishli tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishi maqsadga muvofiqligi ma’lum qilindi. Boshqarma o‘z vakolati doirasida beriladigan topshiriqlar va tasdiqlangan dasturlar asosida belgilangan ishlarni amalga oshirishga tayyorligini bildirdi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi