TOMORQA YERLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH — DЕPUTATLAR E’TIBORIDA
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18 martdagi 205-son qarori ijrosi yuzasidan Pastdarg‘om tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.Yakubovga rasmiy xat yuborildi.
Mazkur rasmiy xat orqali tumanda dehqon xo‘jaliklari va aholi tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanish holati bo‘yicha atroflicha va tahliliy ma’lumotlar so‘raldi.
Xususan:
🔹 tomorqa yerlarining umumiy maydoni va ulardan samarali foydalanilayotgan qismi;
🔹 mahalla va xonadonlar kesimida o‘tkazilgan monitoring natijalari;
🔹 foydalanilmayotgan yoki samarasiz foydalanilayotgan yer maydonlari;
🔹 tomorqalarda sabzavot, poliz, kartoshka va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, issiqxonalar tashkil etish ishlari;
🔹 chorvachilik va parrandachilikni rivojlantirish orqali qo‘shimcha daromad manbaiga ega bo‘lgan xonadonlar;
🔹 tomorqalarni sug‘orishdagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari;
🔹 yerdan belgilangan maqsadda va samarali foydalanmayotgan xo‘jaliklar bo‘yicha ko‘rilgan choralar;
🔹 2026 yilning qolgan davrida tomorqalardan samarali foydalanishni yanada yaxshilash bo‘yicha rejalashtirilgan ishlar haqida ma’lumotlar taqdim etilishi so‘raldi.
📌 Mazkur ma’lumotlar doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishida muhokama qilinib, tumanda tomorqa yerlaridan unumli foydalanish, aholi bandligi va daromadlarini oshirish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.
🌾 Tomorqa — oila farovonligi manbai. Yerdan samarali foydalanish esa aholi daromadi va hudud iqtisodiy salohiyatini oshirishning muhim omilidir.
Deputatlik nazorati — muammoni aniqlashdan amaliy yechimga qadar!