DOIMIY KOMISSIYA VA BIRIKTIRILGAN TASHKILOT HAMKORLIGI
📌 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati F. Islomova tomonidan biriktirilgan hamkor tashkilot — Hunarmandlar uyushmasi faoliyati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida Uyushma rahbari bilan suhbat o‘tkazilib, tashkilot faoliyati, mavjud masalalar hamda hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha fikr almashildi.
📍 Shu bilan birga, tashkilot binosining tashqi qismida uning nomi va faoliyatini bildiruvchi aniq yozuv mavjud emasligi qayd etildi. Mazkur holat yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
🤝 Kelgusida doimiy komissiya va biriktirilgan tashkilot o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda fuqarolar va hunarmandlar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratiladi.
📌 Hamkorlik — nazorat, muloqot va amaliy natijaga yo‘naltirilgan jarayondir.