35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
IJTIMOIY OBYEKTLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI — AMALIY NATIJA SARI
янв.21
TOMORQA YERLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH BO‘YICHA ISHLAR BOSHLANDI
янв.21
TOMORQA YERLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH — DЕPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
OBODONLASHTIRISH VA ICHKI YO‘LLAR HOLATI YUZASIDAN QAROR ISHLAB CHIQILDI
янв.21
PAXTAChI MAHALLASIDA PROFILAKTIKA INSPEKTORI FAOLIYaTI O‘RGANILDI
янв.21
Aholi bilan yaqin muloqot — e’tibor va g‘amxo‘rlik timsoli
янв.21
NARX-NAVO VA XARIDORLARGA YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
MA’NAVIY-MA’RIFIY SOAT — JAMOA HAMJIHATLIGI VA MA’NAVIY YUKSALISH OMILI
янв.21
TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINING ELЕKTR TA’MINOTI — DЕPUTATLAR NAZORATIDA
#19_1_modda 👨‍👩‍👧‍👦 Namuna mahallasida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi S. Abdug‘aniyev tomonidan Namuna mahallasida O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 26-apreldagi “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi O‘RQ-327-sonli Qonuni ijrosi, xususan, mahalladagi hokim yordamchisining oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallada oilaviy tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagidagi fuqarolarni aniqlash, ularning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, mavjud oilaviy tadbirkorlik subyektlarini rivojlantirish hamda faoliyatini kengaytirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish borasidagi ishlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, oilaviy tadbirkorlik subyektlarining kredit mablag‘laridan foydalanishi, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyatini yo‘lga qo‘yishi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanishi hamda mahsulotlarini realizatsiya qilish imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga e’tibor qaratildi. Qonunning 23-moddasida oilaviy korxonalarni rivojlantirish va mustahkamlashga ko‘maklashish, shu jumladan zarur joy, yer va kommunikatsiya infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlarini yaratish belgilangan.

O‘rganish yakunida mahallada oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 2