35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
IJTIMOIY OBYEKTLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI — AMALIY NATIJA SARI
янв.21
TOMORQA YERLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH BO‘YICHA ISHLAR BOSHLANDI
янв.21
TOMORQA YERLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH — DЕPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
OBODONLASHTIRISH VA ICHKI YO‘LLAR HOLATI YUZASIDAN QAROR ISHLAB CHIQILDI
янв.21
PAXTAChI MAHALLASIDA PROFILAKTIKA INSPEKTORI FAOLIYaTI O‘RGANILDI
янв.21
Aholi bilan yaqin muloqot — e’tibor va g‘amxo‘rlik timsoli
янв.21
NARX-NAVO VA XARIDORLARGA YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
MA’NAVIY-MA’RIFIY SOAT — JAMOA HAMJIHATLIGI VA MA’NAVIY YUKSALISH OMILI
янв.21
TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINING ELЕKTR TA’MINOTI — DЕPUTATLAR NAZORATIDA
#162_qonun ♿️ Qo‘chqor Qarshiyev mahallasida nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash masalalari o‘rganildi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining 20-Mitan saylov okrugidan saylangan deputati N.Kiyamov tomonidan saylov okrugi hududidagi Qo‘chqor Qarshiyev mahallasida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 15-oktabrdagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-641-sonli Qonuni talablari asosida nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy himoyasi, ularga zarur ijtimoiy xizmat va yordamlarni ko‘rsatish, reabilitatsiya hamda mustaqil yashash imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq ishlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, ehtiyojmand fuqarolarga ijtimoiy xizmatlar bo‘yicha maslahat berish, tegishli organ va tashkilotlarga yo‘naltirish, protez-ortopediya va reabilitatsiya vositalarini olishda ko‘maklashish, dori-darmon, oziq-ovqat va gigiyena vositalariga ehtiyojini o‘rganish hamda o‘zgalarning parvarishiga muhtoj shaxslarga zarur ko‘makni tashkil etish bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.

Bundan tashqari, nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy, tibbiy, kasbiy va jismoniy reabilitatsiya xizmatlaridan foydalanishi, shuningdek reabilitatsiyaning yakka tartibdagi dasturida belgilangan chora-tadbirlarning bajarilishi bilan bog‘liq ishlar o‘rganildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 4