35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Shahar Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati F.Mamajonov tomonidan o‘ziga biriktirilgan Shahar Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov hamda bo‘lim rahbari I.Isamboyev bilan birgalikda xodimlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning xizmat faoliyati, mehnat sharoitlari hamda zimmasiga yuklatilgan vazifalarning ijrosi yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, deputat bo‘limda yaratilgan ish sharoitlari, moddiy-texnik ta’minot, fuqarolar va chorvadorlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati hamda veterinariya va chorvachilik sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Xodimlar tomonidan faoliyatni yanada takomillashtirish, xizmatlar samaradorligini oshirish va mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi.

Uchrashuv davomida sohaga oid qonunchilik hujjatlarining ijrosi, aholiga sifatli veterinariya xizmatlarini ko‘rsatish, hayvonlar salomatligini muhofaza qilish hamda chorvachilikni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

O‘rganish yakunida bildirilgan taklif va muammolarni tegishli tartibda ko‘rib chiqish, ularning yechimi yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda mazkur masalalarni deputatlik nazoratida olib borish yuzasidan kelishib olindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4