35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputatlik nazorati: energiya tejamkorlik loyihalari o‘rganildi

Deputatlik nazorati: energiya tejamkorlik loyihalari o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati Feruz To‘rayev tomonidan tuman Kengashining 2026-yil 6-apreldagi VII-25-35-7-101-K/26-sonli qarori ijrosi yuzasidan navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

Mazkur qaror asosida Pastdarg‘om tumanida ehtiyojmand oilalar xonadonlarini energiya tejamkor qilish, ularning yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi hamda amalga oshirilayotgan ishlar holati deputatlik nazorati doirasida ko‘rib chiqildi.

O‘rganish davomida deputat Tinchlik mahallasida bo‘lib, ehtiyojmand oilalar xonadonlarida yaratilayotgan sharoitlar, energiya tejamkor qurilmalar va jihozlardan foydalanish holati bilan tanishdi.

Shuningdek, fuqarolar bilan suhbatlashilib, amalga oshirilgan ishlarning samaradorligi, mavjud ehtiyojlar va takliflar o‘rganildi.

Slide 1 of 4