35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “11-Chekmirzaobod” saylov okrugi deputati A.Sirojiddinov, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi U.Raximjonov hamda O‘zLiDeP Bag‘dod tuman Kengashi apparat rahbari R.Yegitaliyevlar tomonidan “Chekmirzaobod” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida navbatdagi o‘rganishlar olib borildi.

O‘rganishlar davomida “Gulchilar” ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Muloqot jarayonida ushbu ko‘chada yashovchi fuqaro R.Abduraxmonov tomonidan ko‘chaning 1,8 kilometr qismini asfaltlashtirish bo‘yicha murojaat bildirildi.

Mazkur murojaat deputatning “Ko‘chama-ko‘cha aylanish daftari”ga qayd etilib, ijrosini ta’minlash maqsadida deputat nazoratiga olindi.

Slide 1 of 3