35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tashabbusli budjet loyihalari ijrosi deputatlik nazoratida
янв.21
Elektr ta’minoti obyektlarida rekonstruksiya ishlari o‘rganildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan hududlarda o‘rganish olib borilmoqda
янв.21
Sessiya oldidan hududdagi soliq masalalari o‘rganildi
янв.21
Soliq inspeksiyasi hisoboti oldidan hududdagi muammolar o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorati: ehtiyojmand oilalar xonadonlari o‘rganilmoqda
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN CHORTUT MAHALLASIDA MUHIM MUAMMO HAL ETILDI
янв.21
ISTIQBOL MAHALLASIDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
Vazirlar Mahkamasining 1-son qarori ijrosi bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
YONG‘IN XAVFSIZLIGI — DEPUTATLAR NAZORATIDA
Tashabbusli budjet loyihalari ijrosi deputatlik nazoratida

Tashabbusli budjet loyihalari ijrosi deputatlik nazoratida

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati O‘.Shukurov hamda Yoshlar maslahati guruhi a’zosi Sh.Uralov tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala — 2026-yil II chorak davomida jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar hisoboti oldidan joylarda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida Tashabbusli budjetlashtirish jarayonida g‘olib bo‘lgan loyihalarning amaldagi holati ko‘zdan kechirildi.

Jumladan, Yangiobod MFY hamda Boldir MFYlarni bog‘lovchi, Iskandar qishlog‘iga olib boruvchi asosiy yo‘lga asfalt qoplamasi yotqizish loyihasi bo‘yicha bajarilgan ishlar o‘rganildi.

Deputatlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning sifati, belgilangan talablar asosida bajarilishi hamda aholi uchun yaratilayotgan qulayliklar holati nazorat qilindi.

Slide 1 of 1