35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tashabbusli budjet loyihalari ijrosi deputatlik nazoratida
янв.21
Elektr ta’minoti obyektlarida rekonstruksiya ishlari o‘rganildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan hududlarda o‘rganish olib borilmoqda
янв.21
Sessiya oldidan hududdagi soliq masalalari o‘rganildi
янв.21
Soliq inspeksiyasi hisoboti oldidan hududdagi muammolar o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorati: ehtiyojmand oilalar xonadonlari o‘rganilmoqda
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN CHORTUT MAHALLASIDA MUHIM MUAMMO HAL ETILDI
янв.21
ISTIQBOL MAHALLASIDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
Vazirlar Mahkamasining 1-son qarori ijrosi bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
YONG‘IN XAVFSIZLIGI — DEPUTATLAR NAZORATIDA
Sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan hududlarda o‘rganish olib borilmoqda

Sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan hududlarda o‘rganish olib borilmoqda

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati Shukurov O'tkir Normamatovich Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan “O‘zbekiston–2030” strategiyasining suv resurslaridan oqilona foydalanish yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda tumanda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish holati to‘g‘risida”gi masala yuzasidan joylarda o‘rganish ishlarini olib bordi.

Deputat Boldir MFY, Xo‘ja qishlog‘ida bo‘lib, hududdagi sug‘orish tizimi, suv resurslaridan foydalanish holati hamda mavjud muammolarni o‘rgandi.

O‘rganish davomida deputat Achchiq ariq orqali amalga oshirilayotgan sug‘orish ishlari yuzasidan ko‘chaboshi R.Abdullayev bilan suhbatlashib, aholi ehtiyojlari, suv ta’minoti jarayonlari va suvdan oqilona foydalanish masalalariga e’tibor qaratdi.

Suhbat davomida bildirilgan taklif va muammolar qayd etilib, hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish belgilandi.

Slide 1 of 2