Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Pastdarg‘omda reproduktiv salomatlik masalalari yuzasidan o‘rganish boshlandi
янв.21
Mahalla muammolariga yechim — deputat va “yettilik” hamkorligida
янв.21
Davlat tili — milliy o‘zligimiz, muomala madaniyatimiz va qonun ustuvorligining muhim mezoni.
янв.21
Sayyor qabul — aholi dardiga yechim maydoni
янв.21
Pastdarg‘om tumanida reproduktiv salomatlik masalalari o‘rganiladi
янв.21
Texnikumda yangi ustaxona – amaliyot va daromad manbai
янв.21
Olti Qahramon MFYdagi tikuv sexi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tez tibbiy yordam faoliyati deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
Oila muammolari o‘rganilib, joyida muloqot o‘tkazildi
янв.21
Sanchiqul MFYda ichimlik suv tizimi holati deputat tomonidan o‘rganildi
Kotib

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati Mirzayev Baxodir Suyunovich Darxon mahallasi hududidagi 9-son oilaviy poliklinikasiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida deputat tomonidan muassasada aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, poliklinikada raqamlashtirish tizimining joriy etilish holati, mavjud moddiy-texnika baza hamda bino va hududning obodonlashtirilish darajasi atroflicha o‘rganildi.

Shuningdek, poliklinika faoliyatini yanada takomillashtirish, zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirish hamda aholiga qulay sharoit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tashrif jarayonida tibbiyot xodimlari bilan suhbat o‘tkazilib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

O‘rganishlar natijasida poliklinikaning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, aholiga yanada sifatli va zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlash bo‘yicha suhbatlashildi. 

Shu bilan birga, poliklinika hududini yanada obodonlashtirish, bemor va tashrif buyuruvchilar uchun qulay muhit yaratish maqsadida ichki yo‘lak va hovli qismidagi asfalt qoplamasini yangilash, hududni ko‘kalamzorlashtirish hamda sanitariya holatini yaxshilash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirildi.

Yuqoridagi barcha talab va takliflardan kelib chiqqan holda, deputatlik so‘rovnomasi kiritildi.

Slide 1 of 5