Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Pastdarg‘omda reproduktiv salomatlik masalalari yuzasidan o‘rganish boshlandi
янв.21
Mahalla muammolariga yechim — deputat va “yettilik” hamkorligida
янв.21
Davlat tili — milliy o‘zligimiz, muomala madaniyatimiz va qonun ustuvorligining muhim mezoni.
янв.21
Sayyor qabul — aholi dardiga yechim maydoni
янв.21
Pastdarg‘om tumanida reproduktiv salomatlik masalalari o‘rganiladi
янв.21
Texnikumda yangi ustaxona – amaliyot va daromad manbai
янв.21
Olti Qahramon MFYdagi tikuv sexi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tez tibbiy yordam faoliyati deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
Oila muammolari o‘rganilib, joyida muloqot o‘tkazildi
янв.21
Sanchiqul MFYda ichimlik suv tizimi holati deputat tomonidan o‘rganildi
Sayyor qabul — aholi dardiga yechim maydoni

Pastdarg‘om tumanida tashkil etilgan navbatdagi sayyor qabul fuqarolar bilan ochiq va samarali muloqot maydoniga aylandi.

Go‘zalkentdagi “Yoshlar istirohat” bog‘ida o‘tkazilgan uchrashuvda deputatlar hamda mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirok etib, aholining dolzarb muammolari tinglandi.

📌 Qabulda ichki yo‘llarni ta’mirlash, elektr ta’minotini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash, xotin-qizlar va yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish kabi muhim masalalar ko‘tarildi.

👥 Qariyb 300 nafar fuqaro qatnashgan sayyor qabulda 70 dan ortiq murojaat kelib tushdi.

Quvonarlisi, ularning 20 tadan ziyodi shu joyning o‘zida ijobiy hal etildi.

✅ Jumladan:
— Mash’al MFY fuqarosi Dildora Haydarovaning suyultirilgan gaz ta’minoti bo‘yicha murojaati;
— Mehnat MFYidan Tursunoy Mamasoliyeva uchun davolanish orderi ajratish haqidagi murojaat ijobiy yechim topdi.

🤝 Xalq bilan muloqot - xalq ishonchi va farovonligi yo‘lidagi muhim qadamdir.

Slide 1 of 8