Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati M.Altibayeva tomonidan “Parcha Chandir” mahallasida hudud profilaktika inspektori D.Pardayev bilan hamkorlikda oila muammolarini o‘rganish maqsadida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida oila a’zolari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularni qiynayotgan ijtimoiy va maishiy muammolar tinglandi. Aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, muammolarni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar belgilab olindi.
Mazkur uchrashuv aholining muammolarini joyida hal etish, oilalarda sog‘lom muhitni shakllantirish hamda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.
Fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish va ularning murojaatlariga yechim topish deputatlar faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoladi.