Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Pastdarg‘omda reproduktiv salomatlik masalalari yuzasidan o‘rganish boshlandi
янв.21
Mahalla muammolariga yechim — deputat va “yettilik” hamkorligida
янв.21
Davlat tili — milliy o‘zligimiz, muomala madaniyatimiz va qonun ustuvorligining muhim mezoni.
янв.21
Sayyor qabul — aholi dardiga yechim maydoni
янв.21
Pastdarg‘om tumanida reproduktiv salomatlik masalalari o‘rganiladi
янв.21
Texnikumda yangi ustaxona – amaliyot va daromad manbai
янв.21
Olti Qahramon MFYdagi tikuv sexi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tez tibbiy yordam faoliyati deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
Oila muammolari o‘rganilib, joyida muloqot o‘tkazildi
янв.21
Sanchiqul MFYda ichimlik suv tizimi holati deputat tomonidan o‘rganildi
#tavsiyalar_asosida_kunlik_ishreja_ichki_yullar
#tavsiyalar_asosida_kunlik_ishreja_ichki_yullar

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati Sh. Isamutdinov hamda mutaxassislar I. Ikromov va Z. Temirovalar “Mustaqillik” MFY hududidagi ichki yo‘llar holatini joyiga chiqib o‘rgandilar.
O‘rganish davomida mahalla ko‘chalaridagi qatnov holati, piyodalar harakati uchun yaratilgan sharoitlar hamda yo‘llarning bugungi holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Hudud aholisi bilan bo‘lib o‘tgan muloqotlarda ichki yo‘llarni ta’mirlash, ayrim ko‘chalarda shag‘allashtirish ishlarini amalga oshirish hamda yomg‘irli mavsumda yuzaga keladigan noqulayliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar bildirildi. Fuqarolar tomonidan mahalladagi ichki yo‘llarning holati kundalik harakatlanish, ayniqsa, bolalar va keksalar uchun muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi.

Shuningdek, o‘rganish davomida mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilash, hudud obodonligini saqlash va ichki yo‘llarni bosqichma-bosqich tartibga keltirish masalalari muhokama qilindi. Deputat va mutaxassislar tomonidan bildirilgan murojaatlarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqish hamda mavjud masalalar yuzasidan amaliy choralar ko‘rish lozimligi qayd etildi.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram
Instagram
Facebook
Youtube
E-kengash
Slide 1 of 3