Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Pastdarg‘omda reproduktiv salomatlik masalalari yuzasidan o‘rganish boshlandi
янв.21
Mahalla muammolariga yechim — deputat va “yettilik” hamkorligida
янв.21
Davlat tili — milliy o‘zligimiz, muomala madaniyatimiz va qonun ustuvorligining muhim mezoni.
янв.21
Sayyor qabul — aholi dardiga yechim maydoni
янв.21
Pastdarg‘om tumanida reproduktiv salomatlik masalalari o‘rganiladi
янв.21
Texnikumda yangi ustaxona – amaliyot va daromad manbai
янв.21
Olti Qahramon MFYdagi tikuv sexi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tez tibbiy yordam faoliyati deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
Oila muammolari o‘rganilib, joyida muloqot o‘tkazildi
янв.21
Sanchiqul MFYda ichimlik suv tizimi holati deputat tomonidan o‘rganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov Bobur mahallasida bo‘lib, mahallada faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchisining ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

 Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov Bobur mahallasida bo‘lib, mahallada faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchisining ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida mahallada yoshlar bilan ishlash tizimi, ularni bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda yoshlarni tadbirkorlikka va kasb-hunarga yo‘naltirish borasida
amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan atroflicha ma’lumotlar olindi.
Shuningdek, tuman Kengashi raisi mahalladagi yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, ularning fikr va takliflarini tingladi. Uchrashuv davomida yoshlarni qiynayotgan muammolar, ta’lim olish, ish bilan ta’minlash, sport va madaniy tadbirlarga jalb etish masalalari muhokama qilindi. Yoshlar tomonidan bildirilgan murojaat va tashabbuslarni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli mas’ullarga vazifalar belgilab berildi. Muloqot jarayonida mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor va yaratilayotgan imkoniyatlar xususida ham so‘z yuritilib, yoshlarning jamiyat hayotidagi faolligini oshirish, ularning iqtidor va salohiyatini qo‘llab-quvvatlash muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi. 

Slide 1 of 4