Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Pastdarg‘omda reproduktiv salomatlik masalalari yuzasidan o‘rganish boshlandi
янв.21
Mahalla muammolariga yechim — deputat va “yettilik” hamkorligida
янв.21
Davlat tili — milliy o‘zligimiz, muomala madaniyatimiz va qonun ustuvorligining muhim mezoni.
янв.21
Sayyor qabul — aholi dardiga yechim maydoni
янв.21
Pastdarg‘om tumanida reproduktiv salomatlik masalalari o‘rganiladi
янв.21
Texnikumda yangi ustaxona – amaliyot va daromad manbai
янв.21
Olti Qahramon MFYdagi tikuv sexi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tez tibbiy yordam faoliyati deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
Oila muammolari o‘rganilib, joyida muloqot o‘tkazildi
янв.21
Sanchiqul MFYda ichimlik suv tizimi holati deputat tomonidan o‘rganildi
Kengash raisi yosh bilimdonlarni qutladi: Uzun tumanida fan olimpiadasi g‘oliblari taqdirlandi

Kengash raisi yosh bilimdonlarni qutladi: Uzun tumanida fan olimpiadasi g‘oliblari taqdirlandi

Uzun tumanida yoshlarning bilimga bo‘lgan ishtiyoqini oshirish, iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash va ularni munosib rag‘batlantirish tizimli ravishda amalga oshirib kelinmoqda.

Bugun tumandagi umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan fan olimpiadasining yakuniy bosqichi va g‘oliblarni taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali marosim buning yorqin isboti bo‘ldi.

Ushbu tadbirda tuman hokimi hamda xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi, D.Safarova ishtirok etdi.

Tuman rahbari tadbirni ochib berar ekan, yig‘ilganlarni, o‘quvchi-yoshlar va ularning ustozlarini qizg‘in qutladi. D.Safarova o‘z nutqida bugungi kunda mamlakatimizda ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, yoshlarning zamonaviy bilim va xorijiy tillarni puxta egallashlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarga alohida to‘xtalib o‘tdi.