Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Pastdarg‘omda reproduktiv salomatlik masalalari yuzasidan o‘rganish boshlandi
янв.21
Mahalla muammolariga yechim — deputat va “yettilik” hamkorligida
янв.21
Davlat tili — milliy o‘zligimiz, muomala madaniyatimiz va qonun ustuvorligining muhim mezoni.
янв.21
Sayyor qabul — aholi dardiga yechim maydoni
янв.21
Pastdarg‘om tumanida reproduktiv salomatlik masalalari o‘rganiladi
янв.21
Texnikumda yangi ustaxona – amaliyot va daromad manbai
янв.21
Olti Qahramon MFYdagi tikuv sexi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tez tibbiy yordam faoliyati deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
Oila muammolari o‘rganilib, joyida muloqot o‘tkazildi
янв.21
Sanchiqul MFYda ichimlik suv tizimi holati deputat tomonidan o‘rganildi
#Deputat_faoliyati #96_ta_Qonunlar_targ'iboti
#Deputat_faoliyati
#96_ta_Qonunlar_targ'iboti

️ Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati S.Kasimov tomonidan yoshlar o‘rtasida qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish hamda qonunlarga hurmat ruhini shakllantirish maqsadida uchrashuv tashkil etildi.
️ Tadbir davomida mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan qonun hujjatlari hamda bugungi kunda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, deputat tomonidan yoshlarning jamiyatdagi faolligini oshirish, qonunlarga rioya qilish madaniyatini mustahkamlash, korrupsiyaga qarshi kurashish, internet va ijtimoiy tarmoqlardan oqilona foydalanish hamda turli yot g‘oyalardan ogoh bo‘lish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Uchrashuv jarayonida yoshlarni qiynayotgan masalalar, ularning taklif va tashabbuslari tinglanib, murojaatlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Tadbir savol-javob va ochiq muloqot ruhida o‘tdi.

Bunday uchrashuvlar yoshlarning huquqiy bilimini oshirish, ularni Vatanga sadoqat, qonunga hurmat va faol fuqarolik pozitsiyasi ruhida tarbiyalashda muhim аhаhmiyat kasb etadi.
Slide 1 of 4