Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Pastdarg‘omda reproduktiv salomatlik masalalari yuzasidan o‘rganish boshlandi
янв.21
Mahalla muammolariga yechim — deputat va “yettilik” hamkorligida
янв.21
Davlat tili — milliy o‘zligimiz, muomala madaniyatimiz va qonun ustuvorligining muhim mezoni.
янв.21
Sayyor qabul — aholi dardiga yechim maydoni
янв.21
Pastdarg‘om tumanida reproduktiv salomatlik masalalari o‘rganiladi
янв.21
Texnikumda yangi ustaxona – amaliyot va daromad manbai
янв.21
Olti Qahramon MFYdagi tikuv sexi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tez tibbiy yordam faoliyati deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
Oila muammolari o‘rganilib, joyida muloqot o‘tkazildi
янв.21
Sanchiqul MFYda ichimlik suv tizimi holati deputat tomonidan o‘rganildi
#Ekspert_guruhi #Bilasizmi

#Ekspert_guruhi
#Bilasizmi


EKSPERT GURUHINING TARKIBI QANDAY SHAKLLANTIRILADI?

Ekspert guruhi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida uning tarkibi va ish yuritish tartibi qonunchilik asosida belgilangan.

Ekspert guruhi tarkibiga:
— rais;
— rais oʻrinbosari;
— kotib;
— aʼzolar kiradi.

Ekspert guruhi aʼzoligiga, qoida tariqasida:
— mahalliy Kengash deputatlari;
— Kengash kotibiyati xodimlari;
— faxriy deputatlar;
— ilmiy va taʼlim muassasalari mutaxassislari;
— jamoatchilik sohasida tajribali fuqarolar;
— NNT, OAV va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari qabul qilinadi.
Ekspert guruhi tarkibi:
— viloyat va Toshkent shahar Kengashlarida 20 kishigacha;
— tuman va shahar Kengashlarida 10 kishigacha shakllantiriladi.

Ekspert guruhi tarkibi har yili mahalliy Kengash qarori bilan tasdiqlanadi.

Ekspert guruhi raisi:
— guruh faoliyatini tashkil etadi;
— majlislarni chaqiradi va kun tartibini belgilaydi;
— ish rejalari hamda bayonnomalarni tasdiqlaydi;
— aʼzolarning faoliyatini muvofiqlashtiradi.

Ushbu tizim mahalliy Kengashlar faoliyatida professional yondashuv, ochiqlik va samaradorlikni taʼminlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1