Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Pastdarg‘omda reproduktiv salomatlik masalalari yuzasidan o‘rganish boshlandi
янв.21
Mahalla muammolariga yechim — deputat va “yettilik” hamkorligida
янв.21
Davlat tili — milliy o‘zligimiz, muomala madaniyatimiz va qonun ustuvorligining muhim mezoni.
янв.21
Sayyor qabul — aholi dardiga yechim maydoni
янв.21
Pastdarg‘om tumanida reproduktiv salomatlik masalalari o‘rganiladi
янв.21
Texnikumda yangi ustaxona – amaliyot va daromad manbai
янв.21
Olti Qahramon MFYdagi tikuv sexi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tez tibbiy yordam faoliyati deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
Oila muammolari o‘rganilib, joyida muloqot o‘tkazildi
янв.21
Sanchiqul MFYda ichimlik suv tizimi holati deputat tomonidan o‘rganildi
Termizda yangi “Yashil jamoat parki”: “Do‘stlik” mahallasidagi loyiha o‘rganildi (https://t.me/xalq_deputatlari_termiz_shahar_k/9456)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-noyabrdagi PF–199-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-martdagi 156-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Termiz shahar Kengashi deputatlari “Do‘stlik” mahallasida bo‘lishdi.

💬 Mahalla hududidagi 0,20 gektar maydonda tashkil etilishi rejalashtirilayotgan “Yashil jamoat parki” loyihasi joyiga chiqqan holda atroflicha o‘rganildi.

🔅Loyihaning ahamiyati:
🟢Ekologik muhit: Hududda havo tozaligini saqlash va "Yashil makon" umummilliy loyihasiga hissa qo‘shish;
🟢Aholi hordig‘i: Mahalla ahlining bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun shinam maskan yaratish;
🟢Zamonaviy landshaft: 0,20 gektar maydonni manzarali daraxtlar va zamonaviy sug‘orish tizimlari bilan jihozlash.

💬 O‘rganish davomida loyihani amalga oshirish muddati, sug‘orish tizimlarining loyihalashtirilishi hamda yer maydonidan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi. Deputatlar tomonidan loyihaning o‘z vaqtida va sifatli yakunlanishi bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2