Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Pastdarg‘omda reproduktiv salomatlik masalalari yuzasidan o‘rganish boshlandi
янв.21
Mahalla muammolariga yechim — deputat va “yettilik” hamkorligida
янв.21
Davlat tili — milliy o‘zligimiz, muomala madaniyatimiz va qonun ustuvorligining muhim mezoni.
янв.21
Sayyor qabul — aholi dardiga yechim maydoni
янв.21
Pastdarg‘om tumanida reproduktiv salomatlik masalalari o‘rganiladi
янв.21
Texnikumda yangi ustaxona – amaliyot va daromad manbai
янв.21
Olti Qahramon MFYdagi tikuv sexi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tez tibbiy yordam faoliyati deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
Oila muammolari o‘rganilib, joyida muloqot o‘tkazildi
янв.21
Sanchiqul MFYda ichimlik suv tizimi holati deputat tomonidan o‘rganildi
Kengash qarori ijrosi doirasida ichki ko‘chalarni asfaltlash ishlari o‘rganildi

Kengash qarori ijrosi doirasida ichki ko‘chalarni asfaltlash ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi raisi J.Xudoyqulova hamda tuman Kengashi deputati B.Bo‘tayeva “Xalqobod” mahallasida olib borilayotgan asfaltlash ishlari bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganishlar tuman Kengashining 2026-yil 19-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi “Shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalari hamda ichki xo‘jalik yo‘llari infratuzilmasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 665-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun dastlabki manzilli ro‘yxatni tasdiqlash to‘g‘risida”gi VII-18-24-8-113-K/26-sonli qarori asosida amalga oshirildi.

Jarayonda tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan mahalla ichki ko‘chalarida olib borilayotgan asfaltlash va yo‘l infratuzilmasini yaxshilash ishlari ko‘zdan kechirilib, ishlar sifati hamda belgilangan muddatlarda bajarilishiga alohida e’tibor qaratildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

#J_Xudoyqulova #B_Botayeva

Slide 1 of 4