Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Pastdarg‘omda reproduktiv salomatlik masalalari yuzasidan o‘rganish boshlandi
янв.21
Mahalla muammolariga yechim — deputat va “yettilik” hamkorligida
янв.21
Davlat tili — milliy o‘zligimiz, muomala madaniyatimiz va qonun ustuvorligining muhim mezoni.
янв.21
Sayyor qabul — aholi dardiga yechim maydoni
янв.21
Pastdarg‘om tumanida reproduktiv salomatlik masalalari o‘rganiladi
янв.21
Texnikumda yangi ustaxona – amaliyot va daromad manbai
янв.21
Olti Qahramon MFYdagi tikuv sexi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tez tibbiy yordam faoliyati deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
Oila muammolari o‘rganilib, joyida muloqot o‘tkazildi
янв.21
Sanchiqul MFYda ichimlik suv tizimi holati deputat tomonidan o‘rganildi
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi kotibiyat mudiri M.Kamolova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi T.Xaydarov tomonidan Uchquduq tumani Axborot-kutubxona markazi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida markazdagi kitob fondi, kitobxonlarga yaratilgan sharoitlar, elektron xizmatlar hamda yoshlarning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish borasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi.

Ma’lum qilinishicha, Axborot-kutubxona markazi fondida 15 mingdan ortiq o‘zbek, rus va qozoq tillaridagi badiiy hamda ilmiy-ommabop adabiyotlar mavjud. Hozirgi kunda markazda 6 mingdan ortiq kitobxon ro‘yxatga olingan bo‘lib, ularga muntazam ravishda zamonaviy kutubxona xizmatlari ko‘rsatib kelinmoqda.

Shuningdek, mutasaddilar tomonidan yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish, yangi adabiyotlar bilan fondni boyitish hamda kutubxona faoliyatini yanada rivojlantirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi. 

Slide 1 of 4