Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tez tibbiy yordam faoliyati deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
Oila muammolari o‘rganilib, joyida muloqot o‘tkazildi
янв.21
Sanchiqul MFYda ichimlik suv tizimi holati deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
63-DMTTga video kuzatuv moslamasi o‘rnatish masalasi deputat nazoratida
янв.21
Deputat G. Xoliqulova fuqarolar murojaatlari bilan ishladi
янв.21
937-sonli Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
“96 ta qonun” ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari boshlandi
янв.21
Pastdarg‘omda mulkiy huquqlarni qonuniylashtirish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlari mudirlari hamda mutaxassislari ishtirokida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDAGI MUAMMO O‘RGANILDI
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Axmedov Shuxrat Murotovich tomonidan o‘z saylov okrugida o‘tkazilgan o‘rganish va joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirish ishlari davomida qator muammo va kamchiliklar aniqlandi.

Jumladan:

— 2-tor Baxtlik ko‘chasi, 24-uy oldida ikki oy avval “Suvsoz” korxonasi tomonidan ichimlik suvi quvurida ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan bo‘lsa-da, yo‘l qismi qayta asfaltlanmasdan qoldirilgan.

— 3-tor Dilxush ko‘chasida taxminan 100 kv.m hududda asfaltlash ishlari yakunlanmagan bo‘lib, mazkur holat aholi noroziligiga sabab bo‘lmoqda. Ushbu hududni to‘liq asfaltlash zarurligi qayd etildi.

— 2-tor Dilxush hamda 4-tor Do‘mbirobod ko‘chalari chorrahasida “Suvsoz” tomonidan ichimlik suvi tarmog‘ida ta’mirlash ishlari olib borilgan. Biroq ta’mirdan so‘ng yo‘l qismi beton bilan yopib qoldirilgani sababli transport vositalari harakati uchun jiddiy noqulayliklar yuzaga kelgan. Mazkur hududga asfalt qoplamasi yotqizish talab etilmoqda.

— Do‘mbirobod mahallasi Serquyosh ko‘chasidagi 11 qavatli uylar oldida joylashgan yo‘l qismida suv ta’minoti yoki suvoqova tizimiga tegishli quduq usti beton plita bilan vaqtinchalik yopilgani sababli yo‘l yo‘nalishi buzilgan va transport harakati qiyinlashgan. Mazkur hududda yo‘lni to‘g‘rilash, zamonaviy lyuk o‘rnatish hamda asfalt qoplamasini tiklash masalasi dolzarb ekani ta’kidlandi.

— Do‘mbirobod ko‘chasi, 164-uy oldida joylashgan avtobus bekati hududida yo‘lovchilar uchun zamonaviy va qulay bekat mavjud emas. Natijada aholi yillar davomida yomg‘irli, qorli va issiq ob-havo sharoitida ochiq maydonda transport kutishga majbur bo‘lmoqda. Shuningdek, avtobuslar maxsus “karmanka” hududiga kirmasdan to‘xtashi oqibatida yo‘lovchilar irrigatsiya lotoklaridan sakrab o‘tishga majbur bo‘lib, jarohatlanish holatlari kuzatilmoqda.

— Do‘mbirobod ko‘chasi, 139-uy oldidagi avtobus bekati uzoq yillardan buyon foydalanib kelinmoqda. Bekatning tom qismidagi shifer qoplamalari eskirib, yaroqsiz holatga kelgan.

— Do‘mbirobod ko‘chasida joylashgan Ulug‘ Vatan urushi qatnashchilari Xotira va Qadrlash monumenti oldi hududida chiqindilar tashlash holatlari ko‘paygani sababli atrof-muhit ifloslanmoqda. Mazkur muqaddas maskan oldida sanitariya holatini yaxshilash maqsadida “Maxsustrans” korxonasi tomonidan hududning maqbul qismiga chiqindi konteynerlari o‘rnatish zarurligi bildirildi.

‼️Aniqlangan mazkur muammolar yuzasidan deputat Axmedov Shuxrat Murotovich tomonidan tegishli tashkilot va mas’ul idoralarga deputatlik so‘rovlari yuborish hamda masalalarni bartaraf etish choralarini ko‘rish bo‘yicha tashabbus bildirildi.

Slide 1 of 10