Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tez tibbiy yordam faoliyati deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
Oila muammolari o‘rganilib, joyida muloqot o‘tkazildi
янв.21
Sanchiqul MFYda ichimlik suv tizimi holati deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
63-DMTTga video kuzatuv moslamasi o‘rnatish masalasi deputat nazoratida
янв.21
Deputat G. Xoliqulova fuqarolar murojaatlari bilan ishladi
янв.21
937-sonli Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
“96 ta qonun” ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari boshlandi
янв.21
Pastdarg‘omda mulkiy huquqlarni qonuniylashtirish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlari mudirlari hamda mutaxassislari ishtirokida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDAGI MUAMMO O‘RGANILDI
🔰Murojaat va natija.

🔹Mamlakatimizda olib borilayotgan xalqchil islohotlarning bosh mezoni — inson qadrini ulug‘lash va aholini rozi qilishdan iboratdir. Shu maqsadda, Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati, shahar hokimi K.Xolmurodov tomonidan shahar aholisining eng dolzarb muammolarini tizimli o‘rganish va bartaraf etish maqsadida navbatdagi ommaviy sayyor qabul tashkil etildi.

🔹Mazkur ochiq muloqot jarayonida fuqarolar tomonidan infratuzilmani yaxshilash, kommunal xizmat ko‘rsatish sifati, yo‘l qurilishi, bandlikni taʼminlash hamda ijtimoiy ko‘mak ajratish kabi hayotiy masalalarga doir o‘nlab murojaatlar o‘rtaga tashlandi. 

🔹Murojaatlarning salmoqli qismi qabulning o‘zidayoq mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirokida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, muddat va moliyaviy resurs talab qiladigan murakkab masalalar ijrosi yuzasidan shahar hokimining shaxsiy nazorati ostida aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Slide 1 of 4