Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Pastdarg‘omda reproduktiv salomatlik masalalari yuzasidan o‘rganish boshlandi
янв.21
Mahalla muammolariga yechim — deputat va “yettilik” hamkorligida
янв.21
Davlat tili — milliy o‘zligimiz, muomala madaniyatimiz va qonun ustuvorligining muhim mezoni.
янв.21
Sayyor qabul — aholi dardiga yechim maydoni
янв.21
Pastdarg‘om tumanida reproduktiv salomatlik masalalari o‘rganiladi
янв.21
Texnikumda yangi ustaxona – amaliyot va daromad manbai
янв.21
Olti Qahramon MFYdagi tikuv sexi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tez tibbiy yordam faoliyati deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
Oila muammolari o‘rganilib, joyida muloqot o‘tkazildi
янв.21
Sanchiqul MFYda ichimlik suv tizimi holati deputat tomonidan o‘rganildi
#Deputat_faoliyati #Xalqaro_oila_kuni

#Deputat_faoliyati #Xalqaro_oila_kuni

15-may — Xalqaro oila kuni munosabati bilan tumanda o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy hamda ijtimoiy tadbirlar doirasida namunali oilalarni qo‘llab-quvvatlash, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash va jamiyatda sog‘lom muhitni qaror toptirishga qaratilgan tanlov yakunlari bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tanlovda xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M.Zaripova faol ishtirok etib, oilaviy qadriyatlarni targ‘ib qilish, xotin-qizlar va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, mahallalarda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash borasidagi samarali faoliyati uchun tuman miqyosida faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Tanlov davomida deputat tomonidan hududlarda olib borilgan amaliy ishlar, oilalar bilan manzilli ishlash tizimi, aholi murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish, yosh avlodni vatanparvarlik va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga qaratilgan tashabbuslar alohida e’tirof etildi.

Tadbir yakunida g‘olib va faol ishtirokchilar tuman hokimi tomonidan diplom, esdalik sovg‘alari va ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.

Oila — jamiyat tayanchi, tinch va farovon hayot mezoni hisoblanadi. Oilaga e’tibor va ehtiromni kuchaytirish, uni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar bundan buyon ham izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 2