Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Pastdarg‘omda reproduktiv salomatlik masalalari yuzasidan o‘rganish boshlandi
янв.21
Mahalla muammolariga yechim — deputat va “yettilik” hamkorligida
янв.21
Davlat tili — milliy o‘zligimiz, muomala madaniyatimiz va qonun ustuvorligining muhim mezoni.
янв.21
Sayyor qabul — aholi dardiga yechim maydoni
янв.21
Pastdarg‘om tumanida reproduktiv salomatlik masalalari o‘rganiladi
янв.21
Texnikumda yangi ustaxona – amaliyot va daromad manbai
янв.21
Olti Qahramon MFYdagi tikuv sexi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tez tibbiy yordam faoliyati deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
Oila muammolari o‘rganilib, joyida muloqot o‘tkazildi
янв.21
Sanchiqul MFYda ichimlik suv tizimi holati deputat tomonidan o‘rganildi
️ Hafta sarhisobi va joriy haftada qilinadigan ishlar rejasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi

️ Hafta sarhisobi va joriy haftada qilinadigan ishlar rejasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Ashurov ishtirokida Kengash kotibiyatining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Mazkur yig‘ilishda tuman Kengashi kotibiyati xodimlari hamda deputatlari tomonidan hafta davomida amalga oshirilgan ishlar yakunlari tahlil qilindi.

Jumladan, deputatlarning o‘z saylov okruglarida olib borgan mahallabay o‘rganish ishlari, fuqarolar qabuli hamda deputatlik so‘rovlari ijrosi natijadorligi, shuningdek, “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari asosida mahallalardagi “yettilik” faoliyatini tahlil qilish jarayonlari muhokama etildi.

O‘tkazilgan tahlillar natijasida aniqlangan kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi hamda ularni bartaraf etish shuningdek, faoliyati samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

️ Shu bilan birga, yig‘ilishda joriy hafta uchun ustuvor vazifalar va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.

️ Jumladan:

navbatdagi Kengash sessiyasiga puxta tayyorgarlik ko‘rish;

aholi murojaatlari bilan ishlash jarayonida deputatlar va kotibiyat xodimlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish vazifalari belgilab berildi.

Slide 1 of 3