Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Pastdarg‘omda reproduktiv salomatlik masalalari yuzasidan o‘rganish boshlandi
янв.21
Mahalla muammolariga yechim — deputat va “yettilik” hamkorligida
янв.21
Davlat tili — milliy o‘zligimiz, muomala madaniyatimiz va qonun ustuvorligining muhim mezoni.
янв.21
Sayyor qabul — aholi dardiga yechim maydoni
янв.21
Pastdarg‘om tumanida reproduktiv salomatlik masalalari o‘rganiladi
янв.21
Texnikumda yangi ustaxona – amaliyot va daromad manbai
янв.21
Olti Qahramon MFYdagi tikuv sexi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tez tibbiy yordam faoliyati deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
Oila muammolari o‘rganilib, joyida muloqot o‘tkazildi
янв.21
Sanchiqul MFYda ichimlik suv tizimi holati deputat tomonidan o‘rganildi
Deputat mahallada Xavfsiz hudud — tinchlik va barqarorlik garovi

 Xavfsiz hudud — tinchlik va
barqarorlik garovi
 

Xalq deputatlari Piskent
tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi, 22-Guliston saylov okrugi
deputati R.Muxtorova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi G.Xudoyqulova
tomonidan mahallada jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar
profilaktikasi holati o‘rganildi.
 

O‘rganish davomida hududdagi
kriminogen vaziyat tahlil qilinib, quyidagilar aniqlandi:
 

Jinoyatchilik holati: Joriy
yilning aprel oyi davomida hududda 2 nafar fuqaro tomonidan jinoyat sodir
etilgan bo‘lib, hozirda mazkur holatlar yuzasidan tegishli idoralar tomonidan
surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
 

Hudud toifasi: Olib borilgan
tahlillar natijasida «Guliston» MFY «sariq» hudud toifasiga kiritilgan. Bu esa
mahallada profilaktik tadbirlarni yanada kuchaytirishni taqozo etadi.
 

Profilaktik nazorat:
«Anorbog‘» dala hovlilari hududida profilaktik hisobda turuvchi 3 nafar shaxs
mavjud bo‘lib, ular bilan mahalla yettiligi va profilaktika inspektori
tomonidan muntazam ravishda qayta jinoyat sodir etmaslik bo‘yicha tushuntirish
ishlari olib borilmoqda.
 

«Maqsadimiz — hududni 'sariq'
toifadan 'yashil' toifaga o‘tkazish. Buning uchun nafaqat huquq-tartibot
idoralari, balki mahalla faollari va keng jamoatchilik birdek mas’uldir», —
dedi deputat R.Muxtorova.
 

Telegram
(http://t.me/PiskentTumaniKotibiyati) Facebook (
https://www.facebook.com/share/1B4wErcYvP/