Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Pastdarg‘omda reproduktiv salomatlik masalalari yuzasidan o‘rganish boshlandi
янв.21
Mahalla muammolariga yechim — deputat va “yettilik” hamkorligida
янв.21
Davlat tili — milliy o‘zligimiz, muomala madaniyatimiz va qonun ustuvorligining muhim mezoni.
янв.21
Sayyor qabul — aholi dardiga yechim maydoni
янв.21
Pastdarg‘om tumanida reproduktiv salomatlik masalalari o‘rganiladi
янв.21
Texnikumda yangi ustaxona – amaliyot va daromad manbai
янв.21
Olti Qahramon MFYdagi tikuv sexi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tez tibbiy yordam faoliyati deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
Oila muammolari o‘rganilib, joyida muloqot o‘tkazildi
янв.21
Sanchiqul MFYda ichimlik suv tizimi holati deputat tomonidan o‘rganildi
Deputat bozor rastalarida: narx-navoni o‘rganish boshlandi

Bugun xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati A.Abdumuratov tuman bozorlardan biriga tashrif buyurib, savdo rastalarini aylanib chiqdi. Tashrif davomida asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlari, sotuvchilar faoliyati hamda xaridorlar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.

Deputat sotuvchilar va xaridorlar bilan bevosita suhbatlashib, bozordagi narx-navoning shakllanishi, mahsulot yetkazib berishdagi muammolar hamda aholining taklif va mulohazalarini tingladi.

Ta’kidlanishicha, bunday o‘rganishlar bozorlardagi narxlar barqarorligini ta’minlash, aholining kundalik ehtiyojlari uchun muhim bo‘lgan mahsulotlar yetkazib berilishini yaxshilashga xizmat qiladi.

Tashrif yakunida mas’ullarga aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3