Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaati — deputat nazoratida, muammolar yechimi amalda
янв.21
"Pedagog maqomi to‘g‘risida"gi Qonun ijrosi nazoratda
янв.21
Sanchiqul mahallasida soliq xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat "Mehnat" mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Nafosat ko‘chasidagi elektr simyog‘ochlari masalasida deputatlik so‘rovi chiqarish rejalashtirildi.
янв.21
“Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonun targ‘iboti o‘tkazildi
янв.21
MAHALLALARDA DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” HAMKORLIGI DAVOM ETADI (https://kengash.gov.uz/news/24140)
янв.21
Durmonsoy mahallasida Qonun targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Hamkorlik memorandumi imzolandi
янв.21
Deputat Nurmamatova Sadoqat yuborgan deputatlik so‘rovi ijobiy hal etildi
Tuman Kengashi deputati saylovchilari bilan uchrashdi.

Tuman Kengashi deputati saylovchilari bilan uchrashdi.

 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M. Karimova Gʻoyibon mahallasi fuqarolari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. 

Uchrashuvda mahalla faollari, tegishli korxona va tashkilotlar vakillari ham ishtirok etdi.

Muloqot davomida aholini qiynayotgan muammolar, jumladan, kommunal xizmatlar, yo‘l ta’miri, ijtimoiy soha va bandlik masalalari muhokama qilindi. 

Fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar atroflicha tinglanib, ayrim masalalar joyida hal etildi, qolganlari bo‘yicha tegishli tashkilotlarga deputat so'rovlari yuborilishi belgilab olindi.

 Deputat tomonidan har bir murojaat nazoratga olinishi va ijrosi yuzasidan amaliy choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.

Uchrashuv ochiq va samimiy ruhda o‘tib, aholi bilan bevosita muloqot qilish muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.

Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi kotibiyati

Slide 1 of 4