Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati D.Jabborova tomonidan "Sanchiqul" mahallasida soliq xodimlarining faoliyati atroflicha o‘rganildi.
Tekshiruv jarayonida xodimlarning ish samaradorligi, fuqarolar bilan muloqot sifati va soliq tartib-taomillariga rioya qilinishi tahlil qilindi. Mazkur o‘rganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi va faoliyatni yanada samarali tashkil etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.
Aholi va tadbirkorlar bilan muloqot davomida ularning murojaatlari ham inobatga olindi, shuningdek, soliq tizimining shaffofligi va fuqarolarga qulayligi ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Ushbu tashabbus, Sanchiqul mahallasi aholisi va tadbirkorlari manfaatlarini himoya qilish, hamda soliq tizimining sifatli va samarali ishlashini ta’minlashga qaratilgan.