Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaati — deputat nazoratida, muammolar yechimi amalda
янв.21
"Pedagog maqomi to‘g‘risida"gi Qonun ijrosi nazoratda
янв.21
Sanchiqul mahallasida soliq xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat "Mehnat" mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Nafosat ko‘chasidagi elektr simyog‘ochlari masalasida deputatlik so‘rovi chiqarish rejalashtirildi.
янв.21
“Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonun targ‘iboti o‘tkazildi
янв.21
MAHALLALARDA DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” HAMKORLIGI DAVOM ETADI (https://kengash.gov.uz/news/24140)
янв.21
Durmonsoy mahallasida Qonun targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Hamkorlik memorandumi imzolandi
янв.21
Deputat Nurmamatova Sadoqat yuborgan deputatlik so‘rovi ijobiy hal etildi
Hamkorlik memorandumi imzolandi

"Madad" NNT hamda Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi Kotibiyati o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.

Mazkur memorandum aholiga yuridik yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish, mahalliy Kengash qarorlari va hududiy dasturlar loyihalarini birgalikda ishlab chiqish, Kengash kotibiyati xodimlarining kasbiy malakasini oshirish, shuningdek fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida tuzildi.

Hamkorlik doirasida:

• aholi uchun sayyor qabullar tashkil etish va deputatlarning saylovchilar bilan uchrashuvlarida birgalikda ishtirok etish;

• Kengash deputatlari hamda kotibiyat xodimlari uchun seminar va o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish;

• mahalliy Kengash va uning doimiy komissiyalarining nazorat vakolatlarini samarali amalga oshirishga amaliy ko‘maklashish;

• aholi o‘rtasida huquqiy ma’rifat va targ‘ibot tadbirlarini tizimli ravishda tashkil etish masalalari bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishildi.

Slide 1 of 1