Deputat va yoshlar uchrashuvi!
Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati Dilafruz Djumabayeva Shirin energetika texnikumida tahsil olayotgan o‘quvchi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ta’lim sifati, kasbiy rivojlanish, bandlik va yoshlar tashabbuslarini rag‘batlantirish masalalari muhokama qilindi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, taklif va fikrlarini bildirdilar.
Bunday ochiq muloqotlar yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va kelajakka ishonch bilan qadam qo‘yishiga xizmat qiladi.