#Deputat_nazorati
#Deputat_faoliyati
Hududlarda marshrut bo‘ylab o‘rganish ishlari olib borildi
Bugun Payariq tumani hokimi Sh.Xudayberdiyev tegishli soha rahbarlari va mas’ullar bilan tumandagi hududlarda belgilangan marshrut asosida o‘rganish ishlari olib bordi.
O‘rganish davomida mahalla va ko‘chalarning bahor mavsumiga tayyorgarlik holati, hududlarda tozalik va obodonlashtirish ishlarining tashkil etilishi, ko‘kalamzorlashtirish ishlari hamda mavjud infratuzilmaning bugungi kundagi ahvoli atroflicha ko‘zdan kechirildi.
Ayrim hududlarda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, ularni qisqa muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377)