Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati D.Tuychiyeva hududdagi savdo majmualarida bo‘lib, oziq-ovqat mahsulotlarining yaroqlilik muddati, saqlanish sharoiti hamda sanitariya talablariga rioya etilishi holatini o‘rgandi.
Monitoring jarayonida, xususan, osh tuzining iste’molga yaroqliligi, mahsulot yorlig‘ida yodlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning mavjudligi va amaldagi talablarga muvofiqligi alohida e’tibor markazida bo‘ldi.
Ma’lumki, yod tanqisligining oldini olishda yodlangan osh tuzidan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois savdo shoxobchalarida aholiga sifatli va xavfsiz mahsulotlar yetkazib berilishi ustidan nazorat ishlari izchil davom ettiriladi.