Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaati — deputat nazoratida, muammolar yechimi amalda
янв.21
"Pedagog maqomi to‘g‘risida"gi Qonun ijrosi nazoratda
янв.21
Sanchiqul mahallasida soliq xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat "Mehnat" mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Nafosat ko‘chasidagi elektr simyog‘ochlari masalasida deputatlik so‘rovi chiqarish rejalashtirildi.
янв.21
“Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonun targ‘iboti o‘tkazildi
янв.21
MAHALLALARDA DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” HAMKORLIGI DAVOM ETADI (https://kengash.gov.uz/news/24140)
янв.21
Durmonsoy mahallasida Qonun targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Hamkorlik memorandumi imzolandi
янв.21
Deputat Nurmamatova Sadoqat yuborgan deputatlik so‘rovi ijobiy hal etildi
Xalq deputatlari tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Muqimova rahbarligida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

 Xalq deputatlari tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Muqimova rahbarligida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda tumandagi yoshlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, “Yoshlar daftari” doirasida amalga oshirilayotgan ishlar holati hamda yoshlarga oid davlat siyosatining ijrosi muhokama qilindi.

Muhokamalar jarayonida mas’ul tashkilot va idoralar rahbarlarining axborotlari eshitilib, yoshlar o‘rtasida ishsizlikni qisqartirish, manzilli ishlashni kuchaytirish, bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasini samarali tashkil etish hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Yig‘ilish yakunida ko‘rilgan masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilinib, ijroni ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.

Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi kotibiyati

Slide 1 of 2