Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ramazon — mehr-shafqat, saxovat va bag‘rikenglik oyi
янв.21
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati G.Bazarova: Fuqarolar bilan muloqot va amaliy yechimlari
янв.21
“Korrupsiya – davlat taraqqiyotiga tahdid” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
"Al-Beruniy" oilaviy shifokorlik punkti rekonstruksiyasi deputat nazoratida
янв.21
Deputat Flora Xolmuratova Samarqand mahallasi aholi muammolari yuzasidan so‘rov yubordi
янв.21
Deputat aholi xatlovida faol ishtirok etmoqda
янв.21
Deputat so‘rovi natija berdi!
янв.21
83-son maktab rekonstruksiyasi deputat nazoratida
янв.21
Deputat fuqarolar xonadonlarida: murojaatlar joyida o‘rganildi
янв.21
52-son maktab rekonstruksiyasi deputat nazoratida
SAYYOR QABUL SAMARALI O‘TKAZILDI

2026-yil 21-fevral kuni Navro‘z MFY hududida joylashgan “Oltin vodiy” madaniyat saroyida Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi tomonidan sayyor qabul tashkil etildi.

Mazkur sayyor qabulda tuman Kengashi raisi, deputat A.Aralov, tuman Kengashi kotibiyati mudiri, deputat G.Xudoyarova, tuman Kengashi deputatlari M.Gaipov, J.O‘skanov, shuningdek tuman prokurori, adliya katta maslahatchisi R.Masharipov hamda tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirok etdi.

Sayyor qabul davomida Navro‘z, Do‘stlik, Shodlik va Yangiobod mahalla fuqarolar yig‘inlari aholisi tomonidan 40 dan ortiq murojaatlar kelib tushdi. Murojaatlar ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, kommunal soha, bandlik, tadbirkorlik, uy-joy, moddiy yordam hamda boshqa dolzarb yo‘nalishlarni qamrab oldi.

Qabul jarayonida ayrim masalalar joyida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etilgan murojaatlar tegishli tashkilotlarga ijro uchun yo‘naltirilib, nazoratga olindi.

Shuningdek, tuman prokurori R.Masharipov tomonidan fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning murojaatlari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi hamda fuqarolarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Mazkur sayyor qabul aholi bilan ochiq muloqotni mustahkamlash, fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarni joyida o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 19