Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati M.Kilichiv tashabbusi bilan Baxshiboyi, Quyidarg‘om, Bog‘onali mahallalaridagi kam ta’minlangan xonadonlarga Ramazon oyi munosabati bilan ehson tarqatildi. Ushbu xayrli tadbir orqali bir qator oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari va zaruriy ehtiyoj vositalari yetkazib berildi.
Ramazon oyi — nafaqat ro‘za tutish, balki ehson qilish, muhtojlarga ko‘mak berish, insonlar qalbiga quvonch ulashish oyidir. Shu ma’noda bugungi tashabbus ko‘plab xonadonlarga bayramona kayfiyat va umid bag‘ishladi.
Yaxshilik qilish — eng ulug‘ qadriyat.