Xalq deputatlari Zarbdor tumani Kengashi tomonidan aholi murojaatlarini o‘rganish, fuqarolarni qiynab kelayotgan dolzarb masalalarni joyida hal etish hamda ochiq muloqotni ta’minlash maqsadida sayyor qabullar tashkil etilmoqda.
🟢2026-yil 21-fevral kuni soat 10:00 da
📍Navro‘z MFY hududida joylashgan “Oltin vodiy” madaniyat saroyida Navro‘z, Do‘stlik, Shodlik va Yangiobod mahalla fuqarolar yig‘inlari aholisi uchun tuman Kengashi deputatlari tomonidan sayyor qabul tashkil etiladi.
Shuningdek,
🟢 2026-yil 25-fevral kuni soat 10:00 da
📍 Ravot MFY hududida joylashgan 2-sonli politexnikumda Ravot, Navoiy, Yangihayot va Lalmikor mahalla fuqarolar yig‘inlari aholisi uchun tuman Kengashi deputatlari tomonidan sayyor qabul tashkil etiladi.
Sayyor qabullar davomida fuqarolarning:
-ijtimoiy-iqtisodiy masalalari;
-kommunal soha muammolari;
-bandlik;
-tadbirkorlik hamda boshqa dolzarb yo‘nalishlardagi murojaatlari atroflicha ko‘rib chiqilib, belgilangan tartibda hal etiladi.
Mazkur qabullarda dolzarb murojaatlar bo‘yicha mas’ul bo‘lgan tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari ishtiroki ta’minlanadi.
Barcha fuqarolarni sayyor qabullarda faol ishtirok etishga chorlaymiz.