Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaati — deputat nazoratida, muammolar yechimi amalda
янв.21
"Pedagog maqomi to‘g‘risida"gi Qonun ijrosi nazoratda
янв.21
Sanchiqul mahallasida soliq xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat "Mehnat" mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Nafosat ko‘chasidagi elektr simyog‘ochlari masalasida deputatlik so‘rovi chiqarish rejalashtirildi.
янв.21
“Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonun targ‘iboti o‘tkazildi
янв.21
MAHALLALARDA DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” HAMKORLIGI DAVOM ETADI (https://kengash.gov.uz/news/24140)
янв.21
Durmonsoy mahallasida Qonun targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Hamkorlik memorandumi imzolandi
янв.21
Deputat Nurmamatova Sadoqat yuborgan deputatlik so‘rovi ijobiy hal etildi
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

O‘rganish jarayonida 650 metr uzunlikdagi ko‘chada 15 ta xonadon mavjud bo‘lib, elektr ta’minoti uchun simyog‘ochlar o‘rnatilmagani aniqlandi. Aholi elektr energiyasini boshqa ko‘chadan o‘zboshimchalik bilan tortib, simlarni gaz quvurlari va daraxtlarga bog‘lab foydalanib kelgani sababli bir necha bor qisqa tutashuv yuzaga kelib, transformator ishdan chiqqani hamda mahallada elektr uzilishlari kuzatilgani qayd etildi.

Shuningdek, ko‘cha tuproq yo‘l bo‘lib, yog‘ingarchilik kunlari qatnov qiyinlashayotgani, ayniqsa bolalarning maktabga borib-kelishida noqulaylik tug‘dirayotgani ham aniqlandi.

Bundan tashqari, fuqaro M.Ro‘ziqulovning murojaati asosida eshitish moslamasi va hassa bilan ta’minlash masalasi ko‘rib chiqildi. Tibbiy xulosa asosida Inson ijtimoiy xizmatlar markazi tuman bo‘limi orqali zarur vositalarni yetkazib berish choralari ko‘rildi.

Slide 1 of 3