Bugun "Sanchiqul" MFYda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati D.Jabborova tomonidan hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi. Tekshiruv maqsadi mahalla boshqaruvi tizimidagi ishlarni samarali qilish, aholi muammolarini hal etish, mahalliy aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish edi.
O‘rganish jarayonida quyidagi yo‘nalishlar alohida e’tibor qaratildi:
Ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish va bandligini ta’minlash;
Subsidiya, imtiyozli kredit va boshqa ijtimoiy yordamlarni o‘z vaqtida yetkazish;
Mahalladagi tadbirkorlikni rivojlantirish;
Tomorqadan samarali foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlar;
Yoshlar va xotin-qizlar bandligini oshirish loyihalari
Deputat hokim yordamchisi tomonidan aholi murojaatlarini o‘rganish, amaliy yechimlar topish va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borilayotganini qayd etdi. U aholi bilan muloqot qilib, mavjud muammo va taklifni tingladi.