Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sanchiqul mahallasida hokim yordamchisining faoliyati deputat tomonidan keng qamrovda o‘rganildi
янв.21
DAVLAT TILI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI AMALDA
янв.21
Durmonsoy mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Deputat mahallada: xonadonma-xonadon yurib, fuqarolar muammolari o‘rganildi
янв.21
“Halollik vaksinasini” targ‘ib qilish — yoshlar tarbiyasida yangi qadam
янв.21
Ogohlik — davr talabi
янв.21
Ta’lim muassasalaridagi sharoitlar va obodlik holati o‘rganildi
янв.21
Muqaddas qadamjolar e’tiborda — deputat nazorati ostida
янв.21
Mahallani obodonlashtirish va tomorqa madaniyatini shakllantirish — deputat nazoratida
янв.21
Besh Bola mahallasida ezgu an’analar davom etmoqda.
Durmonsoy mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi

"Durmonsoy" mahallasi aholisi uchun xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman deputati O‘.Shukurov tomonidan navbatdagi "Sayyor qabul" tashkil etildi. Uchrashuv davomida fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolar, taklif va murojaatlar tinglandi.

Qabul jarayonida ichki yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suvi ta’minoti, elektr energiyasi barqarorligi,bandlik masalalari hamda ijtimoiy yordam bo‘yicha murojaatlar ko‘tarildi. Har bir murojaat yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar ishtirokida aniq chora-tadbirlar belgilandi va ijro nazoratga olindi.

Deputat aholi bilan ochiq muloqot olib borib, muammolarni joyida o‘rganish va tizimli hal etish ustuvor vazifa ekanini ta’kidladi.

 Sayyor qabul fuqarolarning murojaatlarini tezkor ko‘rib chiqish hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

"Durmonsoy"mahallasi aholisi tomonidan bildirilgan taklif va tashabbus kelgusida hududni yanada obod qilish va infratuzilmani rivojlantirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1