Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sanchiqul mahallasida hokim yordamchisining faoliyati deputat tomonidan keng qamrovda o‘rganildi
янв.21
DAVLAT TILI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI AMALDA
янв.21
Durmonsoy mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Deputat mahallada: xonadonma-xonadon yurib, fuqarolar muammolari o‘rganildi
янв.21
“Halollik vaksinasini” targ‘ib qilish — yoshlar tarbiyasida yangi qadam
янв.21
Ogohlik — davr talabi
янв.21
Ta’lim muassasalaridagi sharoitlar va obodlik holati o‘rganildi
янв.21
Muqaddas qadamjolar e’tiborda — deputat nazorati ostida
янв.21
Mahallani obodonlashtirish va tomorqa madaniyatini shakllantirish — deputat nazoratida
янв.21
Besh Bola mahallasida ezgu an’analar davom etmoqda.
Yashil kelajak sari amaliy qadam!

Bugun "Qarshiobod" mahallasida yana bir ezgu tashabbus amalga oshirildi. Hududni obodonlashtirish, ekologik muhitni yaxshilash va yashil maydonlarni kengaytirish maqsadida xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati N. Elibiyev mahalla ahli bilan birgalikda ko‘chat o‘tqazish tadbirida faol ishtirok etdi.

Ushbu tashabbus yurtimizda keng ko‘lamda amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tashkil etilib, atrof-muhitni asrash, aholi yashash sharoitini yanada yaxshilash hamda kelajak avlod uchun sog‘lom ekologik muhit yaratishga xizmat qiladi.

Tadbir davomida mahalla faollari, nuroniylar va yoshlar bir yoqadan bosh chiqarib, hududga turli manzarali va mevali daraxt ko‘chatlarini o‘tqazdilar. Har bir ekilgan nihol — ertangi kunimiz, farzandlarimiz kelajagi uchun qo‘yilgan mustahkam poydevoridir.

Yashil makon — sog‘lom hayot garovi. Tabiatni asrash va uni boyitish barchamizning fuqarolik burchimizdir.

Slide 1 of 5