Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sanchiqul mahallasida hokim yordamchisining faoliyati deputat tomonidan keng qamrovda o‘rganildi
янв.21
DAVLAT TILI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI AMALDA
янв.21
Durmonsoy mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Deputat mahallada: xonadonma-xonadon yurib, fuqarolar muammolari o‘rganildi
янв.21
“Halollik vaksinasini” targ‘ib qilish — yoshlar tarbiyasida yangi qadam
янв.21
Ogohlik — davr talabi
янв.21
Ta’lim muassasalaridagi sharoitlar va obodlik holati o‘rganildi
янв.21
Muqaddas qadamjolar e’tiborda — deputat nazorati ostida
янв.21
Mahallani obodonlashtirish va tomorqa madaniyatini shakllantirish — deputat nazoratida
янв.21
Besh Bola mahallasida ezgu an’analar davom etmoqda.
Chinoz tumani. Chinoz tumanida “Hokim va tadbirkorlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Sh.Salixov, sektor rahbarlari hamda hokimning birinchi o‘rinbosari ishtirok etdi.

Mazkur uchrashuv Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish borasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi. Xususan, Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llangan Murojaatnomada belgilangan vazifalar ijrosiga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuvda faol tadbirkorlar o‘z loyihalarini amalga oshirish jarayonida yuzaga kelayotgan moliyaviy, infratuzilmaviy, hujjatlashtirish hamda hamkorlik masalalari bo‘yicha murojaatlarini bildirdi.

Kelib tushgan murojaatlar tegishli tashkilotlarga yo‘naltirilib, ularning ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

Bunday ochiq muloqotlar tumanda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va yangi loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3